Bugungi kunda raqamli platformalar eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzularning tepasida. Ularning voqelikni o‘zgartirishdagi asosiy rolini iqtisodchilar va siyosatchilar, IT-mutaxassislari va ishlab chiqarish vakillari, fan va madaniyat, ta’lim va tibbiyot vakillari aytadi. Hayotimizning barcha jabhalarida raqamli muhitni yaratish bo‘yicha maqsadli, rejali ishlarni boshlash vaqti kelganiga hamma ham rozi. Asosiy e’tibor, birinchi navbatda, blokcheyn, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlarni tahlil qilish kabi istiqbolli innovatsion texnologiyalarga qaratilgan. Lekin, afsuski, raqamli kelajak haqidagi munozaralarda fundamental texnologiyalar muhokamasiga asossiz ravishda kam e’tibor qaratilmoqda.
Maqolada Andijon viloyati aholisi orasida insult uchrashi muhokama qilinib, shu bilan birga ushbu xastalik rivojlanishida asosiy bo’lgan fon kasalliklarining strukturasi tahlil qilinadi. 2018 yil yanvar oyidan 2019 yil yanvar oyigacha RShTYoIM Andijon filialida insult tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning kasallik varaqalari tahlil qilindi. 1243 bemor orasida 607 erkak va 636 ayol bor edi, ularning o’rtacha yoshi 62,45 ± 2,9 yosh. 56,1% hollarda ishemik insult, 12,4% da gemorragik, 31,5% da o’tib ketuvchi bosh miya qon aylanishi buzilishi aniqlandi. Qon tomirlarini rivojlanishidagi asosiy kasallik sifatida arterial gipertenziya - 70,4%, miya yarim aterosklerozi - 14,1% va yurak ishemik kasalligi - bemorlarning 7,4% da kuzatilgan.
Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida yaratilgan badiiy asarlarda o’rin holini ifodalovchi lokavtiv so’z yoki so’z birikmalarining qo’llanishi, lokativ sintaksemalar va ularning yasalishi, qo’llanilishi va ularning har bir til uchun o’ziga xos xususiyatlari o’rganish asosiy maqsad qilingan
Beda ekin turi qishloq xo’jaligida va chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlashda, tuproq strukturasini mustaxkamlashda asosiy ekinlardan biri bo’lib hisoblanadi. Har bir hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos bedaning yangi navlarini yaratishda kolleksiya namunalarni o’rganish va tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada beda kolleksiyasi namunalarining ikkinchi yilgi bosh poya balandligini o’rganish va tanlash natijalari keltirilgan.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiуot sharoitida mоliуa bоzоri va bаnk infrаtuzilmаsining moliyaviy strukturasi, qimmatli qog‘ozlar bozori va iqtisоdiу ko‘rsаtkiсhlаr bilаn o‘zаrо аlоqаdоrligi kabi masalalar yoritilgan.